
Xonama-xona yuring
Oshxonadan mehmonxonaga, u yerdan yotoqxonaga — o'yindagidek.
Dizayn loyihasi telefoningizda ochiladi: xonama-xona yurasiz, qurilish joyida esa ekranda tayyor xonani o'z o'rnida ko'rasiz.
Bugun
Remontdan keyin
← Suring → · Bitta xona: bugun va remontdan keyin (illyustratsiya).
Telegram'da qisqa xabar: kod yoki havola.
Barmog'ingiz bilan xonama-xona yurasiz va atrofga qaraysiz.
Bo'sh xonada telefonni ko'tarasiz: ekranda tayyor xona, haqiqiy o'lchamda.

Oshxonadan mehmonxonaga, u yerdan yotoqxonaga — o'yindagidek.
Rejaga bossangiz, o'sha xonaga o'tasiz.
Divan sig'adimi? Shu yerning o'zida o'lchang.
1
Muhim joylar belgilangan — bossangiz, tushuntirish chiqadi.

Kodni yuboring — ular ham ichida yurib ko'radi.
Havola brauzerda ochiladi. Kodni kiritasiz — tamom.
Telefon yoki kompyuterda ochiladi — hech narsa o'rnatish shart emas.
Dizaynermisiz? Profilingizni yarating — shu ro'yxatda chiqasiz. Profil →
3ds Max va Corona'dagi sahnangiz o'zgarishsiz qoladi. Bitta tugma — ertasiga mijozga kod yuborasiz.
Mijoz qayerdan yura boshlashini belgilang. Boshqa hech narsani o'zgartirmaysiz.
Kechqurun bosasiz, ertalab loyiha tayyor.
Yopiq loyiha — kod bilan, ochiq loyiha — QR yoki havola bilan.
Mijozingiz «Yunusobod, 3 xonali» loyihasini ochdi · 14 daqiqa yurdi
Necha marta ochilgani va qancha yurilgani ko'rinadi.
Mijoz loyihada studiyangiz logosini ko'radi.
Ochiq loyihani saytingizga joylang.
Mijoz ko'radi, lekin faylni olib keta olmaydi.
Yo'q. Havola brauzerda ochiladi. Qurilishda o'z joyida ko'rish uchun ilova kerak.
Yo'q, siz uchun bepul. Loyihani dizayneringiz tayyorlaydi.
Devorlari tiklangan xona va zamonaviy telefon. Boshqa hech narsa kerak emas.
Ha. Kodni yuboring — ular ham o'z telefonida ochadi.
3ds Max 2024 yoki 2025, Corona bilan. V-Ray rejada.
Muammo emas. Katta sahna ham telefonda ochiladi, siz hech narsa qilmaysiz.
Yo'q. Mijoz loyihani ko'radi, lekin faylni yuklab ola olmaydi.
Android ilovasi tayyor. App Store va Google Play — tez orada. Ungacha loyihalar brauzerda ochiladi.